
2022 yil Mbappe APLga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Biroq...
Kilian Mbappe ikki yil avval PSJdan "Liverpul"ga o‘tishi mumkin edi.
2022 yilning yozida Frantsiya terma jamoasi hujumchisi "Real"ga erkin agent sifatida o‘tishdan voz kechib, PSJ bilan shartnomasini "2+1" sxemasi bo‘yicha uzaytirdi. Biroq, o‘sha mavsumda Kilian klubni o‘zgartirishi ham mumkin edi.
"L'Equipe" manbalarining ma’lum qilishicha, futbolchi o‘sha yili yozgi transfer oynasining boshida jamoadan hafsalasi pir bo‘ldi va klub bir necha va’dasini bajarmadi, deb hisobladi.
Ta’kidlanishicha, frantsuz "Liverpul" bilan keyinchalik "qirollik klubi"ga o‘tish imkoniyati bilan qisqa muddatli shartnomaga kelishgan. Ammo o‘sha payt PSJ rahbariyati futbolchi uchun ikki baravar ko‘p pul taklif qilishdi va transfer amalga oshmadi.
Fikrlar