"Neftchi"ning qizil kartochkasi va avtogoli Ronalduni jamoasiga qo‘l keldi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida ikki chempion - "An-Nasr" va "Neftchi" o‘zaro to‘qnash keldi. ning Er-Riyad shahridagi saudiyalik «Al-Nasr» jamoasi o‘z maydonida o‘zbekistonlik «Neftchi» (Farg‘ona) ustidan g‘alaba qozonib, OFK Elit Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi ikkinchi turida muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv 3:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi. 33-daqiqada Anjelo Gabriyel hisobni ochdi. 42-daqiqada esa Krishtianu Ronaldu hisobni 2:0 qildi. Sadio Mane uzatgan baland to‘pni Ayman Yahyo ko‘kragi bilan Ronalduga yo‘llab berdi, portugaliyalik yulduz esa jarima maydoni ichida o‘ziga xos uslubda burilib, kuchli zarba yo‘lladi. Ushbu gol Ronalduning professional faoliyatidagi 981-gol bo‘lib, uning shaxsiy jahon rekordini yanada yangiladi.
Tanaffusdan so‘ng «Neftchi» hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi: 51-daqiqada Alisher Odilov aniq zarba yo‘llab, hisobni 2:1 qildi. Biroq 65-daqiqada farg‘onaliklar maydonda bir o‘yinchi kam qolishdi — Ikromjon Alibboev Moxamed Simakanga qaratilgan xavfli harakati uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Uchrashuv taqdirini esa Anvarjon G‘afurovning o‘z darvozasiga kiritib yuborgan to‘pi hal qildi — shu tariqa hisob 3:1 ko‘rinishida qayd etildi. Ronalduning goli videosi quyida keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, birinchi turda «Al-Nasr» safarda BAA klubi «Al-Ayn»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. «Neftchi» esa Iroqning «Al-Kuva Al-Javiya» jamoasini 1:0 hisobida yenggan. Mazkur g‘alabadan so‘ng «Al-Nasr» musobaqada ilk uch ochkoni qo‘lga kiritib, G‘arbiy mintaqadagi jadvalda sakkizinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Neftchi» ham uch ochkoga ega bo‘lib, hozircha yettinchi pog‘onada joylashgan.
26 oktyabr kuni «Al-Nasr» o‘z maydonida BAA klubi «Al-Vasl»ni qabul qiladi. Shu kuni «Neftchi» esa Farg‘onada saudiyalik «Al-Ittihod»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar