
24 yoshli braziliyalik futbolchi vafot etdi
Portugaliya 3-divizioni vakili hisoblangan “Alverka” klubi yarim himoyachisi Aleks Apolinario 24 yoshida vafot etdi.
“Kasalxona tibbiyot xodimlari bugun ertalab futbolchimiz vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi. Biz bundan og‘ir qayg‘udamiz. Klub Apolinario oilasiga har tomonlama yordam beradi”, - deyiladi klub bayonotida.
Aleks “Uniau Almerim”ga qarshi o‘yinning 27-daqiqasida hushini yo‘qotgan va tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgan edi. Avvalroq OAV braziliyalik yarim himoyachining holati barqarorlashgani haqida xabar tarqatgan edi.
Fikrlar