35 yoshli Evans "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin

  • 2 avgust, 2023, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shimoliy irlandiyalik himoyachi Jonni Evans yana "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin.

Tecno

Belfast Telegraph xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi mankunianliklar klubi bilan bir yillik shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Qayd etilishicha, Jonni Evans mavsum oldi tayyorgarlik jarayonida bosh murabbiy Erik ten Xagni hayratda qoldirgan. Aytish kerakki, u ushbu vaqt orasida MYu tarkibida uchta o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi - "Lion" (1:0), "Rexem" (1:3) va "Borussiya Dortmund" (2:3).

Ma’lumot uchun, Evans "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1998 yildan 2015 yilgacha klub tizimida bo‘lgan. U 2018 yildan buyon “Lester”da o‘ynab kelayotgan edi. U 2022/23-yilgi mavsum yakunida “tulkilar” safini erkin agent sifatida tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!