4 nafar hamyurtimiz ishtirok etgan "Octagon 63" turniri yakunlandi

  • 27 sentabr, 2024, 23:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan "Octagon 63" turniri yakunlandi. E’tiborlisi, ushbu musobaqada 4 nafar o‘zbekistonlik jangi xam ishtirok etdi.

Tecno

Yarim engil vazn toifasida oktagonga ko‘tarilgan hamyurtimiz Mironshox Xusenov 1-raunddayoq qozog‘istonlik Didar Nagimoldanovni nokautga uchratdi.

Mezbonlar vakili Abay Jalal Dilshod Kubaevni texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi.

 Tojikistonlik jangchi Saymo‘min Madiev yurtdoshimiz Bekzod Abdurahimovni 2-raundda bo‘g‘ib qo‘ydi.

Qozog‘istonlik Sayat Abduali Asadbek Koxorovni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra engib, MMA dagi 7-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Shunday qilib, ushbu turnirda qatnashgan 4 nafar jangichimizdan faqatgina 1 nafari g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!