Terma jamoa ikki futbolchi tark etdi

  • 05.10.2026 18:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Arsenal» himoyachisi Ezri Konsa va «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott Angliya terma jamoasining joriy yig‘indagi so‘nggi uchrashuvi oldidan jamoa ixtiyorini tark etdi. Bu haqida Angliya terma jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.

6 oktyabr, seshanba kuni UEFA Millatlar ligasining 4-turi doirasida angliyaliklar o‘z maydonida Chexiya terma jamoasini qabul qiladi.

«Ezri Konsa va Aleks Skott ertaga Chexiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Har ikki futbolchi qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tish uchun o‘z klublariga qaytdi», — deyiladi Angliya terma jamoasining X ijtimoiy tarmog‘idagi matbuot xizmati xabarida.

Angliya terma jamoasi Millatlar ligasi 3-guruhida uchta o‘yindan keyin 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa Ispaniyadan 3 ochko ortda, Xorvatiyadan esa 3 ochko oldinda. Guruhning to‘rtinchi jamoasi Chexiya hali ochko jamg‘armagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!