
53 yoshli bosh murabbiy 30 metrdan gol urib, uni salto bilan nishonladi
Ruminiya chempionatining uchinchi ligasida ajoyib voqea sodir bo‘ldi. “Brashov” jamoasining o‘ynovchi murabbiyi Yonel Pirvu “Viitorul Oneshti” jamoasiga qarshi uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshladi.
53 yoshli murabbiy ikkinchi daqiqadayoq hisobni ochdi. Uning 30 metr masofadan bergan zarbasi raqib darvozasi to‘riga aniq tushdi. U golni ajoyib salto bilan nishonladi.
Bu bahs 2:2 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, “Brashov” jamoasi o‘ninchi turga kelib, mag‘lubiyatlari seriyasiga chek qo‘ydi.
“Brashov” jamoasi bir ochko bilan so‘nggi pog‘onada turibdi. Bu jamoa o‘nta uchrashuvda to‘rtta gol urib, o‘z darvozasidan 38 ta to‘p olib chiqqan.
Yogel Pirvu futbolchilik davrida, ya’ni 1990 yillar o‘rtalarida “Styaua” safida to‘rt karra Ruminiya chempioni bo‘lgan.
Fikrlar