
A Seriya. "Inter", "Roma" va "Milan" mavsumni g‘alaba bilan yakunladi
Bundan bir necha daqiqalar oldin Italiya A Seriyasining so‘nggi 38-tur uchrashuvlari o‘z yakuniga etdi.
2017/18 yilgi mavsumning so‘nggi turida EChL yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan “Inter” safarda “Latsio” mexmoni bo‘ldi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. “Sassuolo” maydonida mexmon bo‘lgan “Roma” ham 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, mavsumni g‘alaba bilan yakunladi. Gattuzo boshchiligidagi “Milan” esa o‘z maydonida “Fiorentina” (5:1) darvozasiga beshta to‘p yo‘lab, yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi.
“Sassuolo” – “Roma” 0:1 (0:1, 0:0)
20 may «Chitta-del-Trikolore»
Gol: 0:1 – 45, avtogol Pegolo.
“Sassuolo” – Pegolo, Lemos, Acherbi, Peluzo (Letsxert, 59), Adjapong, Missiroli (Bondini, 85), Manyanelli, Dankan, Rojerio, Berardi (El-Babakar, 73), Politano.
“Roma” – Skorupski, Florentsi (Kapradossi, 76), Manolas, Fasio, Kolarov, Pellegrini, Gonalon, Strotman, Shik (El-Shaaravi, 72), Djeko, Perotti (Jerson, 80).
Ogohlantirishlar: Fasio (35), Bondini (90).
***
“Latsio” – “Inter” 2:3 (2:1, 0:2)
20 may «Stadio Olimpiko»
Gollar: 1:0 – 9, avtogol Perishich, 1:1 – 29 D`Ambrozio, 2:1 – 41 Felipe Anderson, 2:2 – 78, penalti Ikardi, 2:3 – 81 Vesino.
“Latsio” – Strakosha, Luis Felipe, de Vrey (Nani, 84), Radu (Bashtush, 77), Marushich, Murdjia, Leyva, Milinkovich-Savich, Lulich, Felipe Anderson, Immobile (Lukaku, 75).
“Inter” – Xandanovich, Joau Kanselu, Shkrinyar, Miranda, D`Ambrozio (Ranokkiya, 81), Vesino, Brozovich, Kandreva (Eder, 61), Rafinya (Karamo, 68), Perishich, Ikardi.
Ogohlantirishlar: Brozovich (13), Miranda (23), Luis Felipe (26), Lulich (34), Leyva (37), D`Ambrozio (47), Strakosha (63), Vesino (83).
Chetlatish: Lulich (79), Gabarron (90).
***
“Milan” – “Fiorentina” 5:1 (2:1, 3:0)
20 may «Djuzeppe Meatstsa (San-Siro)»
Gollar: 0:1 – 20 Simeone, 1:1 – 23 Chalxanoglu, 2:1 – 41 Kutrone, 3:1 – 49 Kalinich, 4:1 – 59 Kutrone, 5:1 – 76 Bonaventura.
“Milan” – Donnarumma, Kalabriya, Bonuchchi, Romanoli, Rodriges, Kessie, Lokatelli, Bonaventura (Torrazi, 85), Kutrone (Andre Silva, 70), Kalinich (Antonelli, 78), Chalxanoglu.
“Fiorentina” – Sportello (Drongovski, 46), Milenkovich, Petstselya (Brunu Gashpar, 46), Vitor Ugo (Olivera, 29), Biragi, Kristoforo, Dabo, Benassi, Saponara, Keza, Simeone.
Ogohlantirishar: Petstselya (22), Kessie (26), Chalxanoglu (34).
Fikrlar