Husanov ko‘z o‘ngida “Manchester Siti” tarixiy rekord o‘rnatdi

  • 27 iyun, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozir butun dunyodagi futbol jamoatchiligini nigohi AQSh maydonlarida o‘tkazilayotgan yangi formatdagi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qaratilgan.

Tecno

Futbolni butun dunyo bo‘yicha rivojlantirishga mas’ul tashkilot – FIFA ushbu musobaqaning mavqeini oshirish maqsadida bu yildan e’tiborat uni yangicha usulda tashkil qildi. Nufuzli turnirda turli mintaqalarning eng kuchli 32 ta klubi ishtirok etayotgani futbol ishqibozlarida alohida qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov guruh bosqichining ikkinchi turida Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda 61-daqiqa o‘ynagan edi.

21 yoshli legionerimiz klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashgan o‘zbekistonlik birinchi futbolchi sifatida o‘z nomini tarixga yozdirdi va musobaqa bosh tashkilotchisi FIFA rahbariyati yo‘llagan tabrikni ham qabul qilib oldi.

Manchesterliklarning  “G” guruhi uchinchi turidan o‘rin olgan Italiyaning “Yuventus” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvi jahon bo‘ylab ko‘plab muxlislar va mutaxassislar e’tiborini tortdi. Dastlabki ikkita bahsni o‘z foydasiga hal qilgan bu ikki grand klub futbolchilarining o‘zaro to‘qnashuvi guruh g‘olibini aniqlab berishi kerak edi.

Orlando shahridagi “Kemping Uorld” stadioniga tashrif buyurgan 55 ming nafarga yaqin muxlis sermahsul o‘yin tomosha qildi. Darvozalarga ettita gol urilgan bahsda “shaharliklar” 5:2 hisobida zafar quchdi.

Aynan hisobning yirikligi manchesterliklarga tarixiy natija olib keldi. Chunki “shaharliklar” shu paytgacha Turin superklubi bilan etti marotaba to‘qnash kelib, biror marta raqib darvozasiga bittadan ko‘p to‘p kirita olmagan edi.

Abduqodir Husanov zaxira o‘rindig‘idan kuzatib borgan bellashuvda “Manchester Siti” ilk bor “Yuventus” darvozasini besh bor ishg‘ol qildi va ayni paytda A Seriya vakilidan har tomonlama ustun ekanini namoyish qildi.

Statistik bilan shug‘ullanadigan manbalarda “Manchester Siti” va “Yuventus” o‘zaro uchrashuvlarda qanday natijalar qayd etgani ko‘rsatilgan ma’lumotlar tarqatilmoqda. Sports.uz  portali ushbu ko‘rsatkichlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

15.09.1976 yil, UEFA kubogi 1/32 final

“Manchester Siti” – “Yuventus” 1:0.

29.09.1976 yil, UEFA kubogi 1/32 final

“Yuventus” – “Manchester Siti” 2:0.

30.09.2010 yil, Evropa ligasi, “A” guruhi

“Manchester Siti” – “Yuventus” 1:1.

16.12.2010 yil, Evropa ligasi, “A” guruhi

“Yuventus” – “Manchester Siti” 1:1.

15.09.2015 yil, UEFA Chempionlar ligasi, “D” guruhi

“Manchester Siti” – “Yuventus” 1:2.

25.11.2015 yil, UEFA Chempionlar ligasi, “D” guruhi

“Yuventus” – “Manchester Siti” 1:0.

11.12.2024 yil, UEFA Chempionlar ligasi, Umumiy bosqich

“Yuventus” – “Manchester Siti” 2:0.

26.06.2025 yil, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, “G” guruhi

“Yuventus” – “Manchester Siti” 2:5.

Statistik ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, bu ikki buyuk klubning o‘zaro to‘qnashuvlarida ustunlik turinliklar tomonida. Manchesterliklar jami sakkizta uchrashuvdan dastlabkisi va oxirgisida zafar quchgae va o‘rtada ikki bor durang o‘ynagan.

“Manchester Siti” muxlislari jamoaning “Yuventus” ustidan g‘alaba qozonishini qariyb yarim asr kutdi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining  “G” guruhi yakunlariga ko‘ra, ketma-ket uchta uchrashuvda zafar quchgan Xosep Gvardiola shogirdlari pley-offda “N” kvartetini ikkinchi pog‘onada yakunlagan Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

“Yuventus”ni esa yana bir qiyin uchrashuv kutib turibdi. Turinlar musobaqani davom ettirish uchun nimchorak finalda Madridning “Real” jamoasi to‘sig‘idan o‘tishi talab etiladi.

Mashhur klub Shomurodov transferini kutmoqda

 

Fayzullaevga yangi mavsum uchun ikkita variant “taklif” qilishdi!

 

Tezkor: Italiya klubi Shomurodov transferiga munosabat bildirdi!

Tezkor: Evropa klubi Fayzullaev transferiga oid rasmiy ma’lumot chiqardi

Evrokuboklar uchun o‘zbek hujumchisini oling!

Shomurodov kuchayib ketdi...

Ronaldu Masharipovga: Nima, sen Messining muxlisimisan?!

Legionerimiz Evropada yurish qilishga tayyor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!