
APL debyutanti "Valensiya" futbolchisi uchun 40 mln evrodan voz kechishga tayyor
Yangi mavsumda Angliya premer-ligasida ishtirok etuvchi "Vulverxempton" klubi "Valensiya" himoyachisi Joau Kanseluni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda italiyalik mashhur mutaxassis Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha ingliz klubi 24 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun “ko‘rshapalaklar”ga 40 million evro berishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Kanselu yakunlangan mavsumni “Inter” safida ijara asosida o‘tkazdi. Aynan “neradzurrilar” 31 mayga qadar uni 35 mln evroga sotib olish huquqiga ega edilar. Ammo, milanliklar bu imkoniyatdan foydalanishmadi.
Fikrlar