AQSh futbolchisining Londonga sayohatidan ne foyda? (Erkin G‘aybullaev blogi)

  • 12 dekabr, 2018, 18:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Borussiya Dortmund» vingeri Kristian Pulishichning Premer Ligaga o‘tishi borasidagi mish-mishlar ko‘payib bormoqda. Xabarlarga ko‘ra, «Chelsi» AQShlik futbolchi uchun rasmiy taklif bilan nemis klubiga murojaat qilgan.

Tecno

20 yoshli futbolchi dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi tugashiga 18 oy qolgan vaqtda uning klubni tark etishi borasidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topayotgandek.

Natijada, Pulishichni Premer Liga grandlari «Liverpul», «Tottenxem», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» o‘z safida ko‘rishdan umidvor.

Bunga uning yaqinda Premer Ligada o‘ynash niyati borligini aytganidan keyin mish-mishlar yana avjiga chiqdi.

«Angliya, Premer Liga ko‘plab yoshlarning o‘ynash orzusi hisoblanadi, nega men ham bir kun kelib u erda o‘ynamay.» – degandi Pulishich.

Dortmundliklar esa uni sotish niyatida emas va shu sababli uning transfer bahosini 70 million funtga baholagan.

Agarda xabarlar o‘z tasdig‘ini topsa va yanvarda «Chelsi» Pulishichni o‘z tarkibiga qo‘shib olsa bundan kim yutadi va kim yutqazadi?

G‘olib: Maurisio Sarri

«Chelsi» o‘z tarixida murabbiylarni tez-tez almashtirish bo‘yicha achchiq qismatga ega klub hisoblanadi. Roman Abramovich londonliklarning 2003-yildan boshlab xo‘jayiniga aylanganidan keyin, Sarri 13-murabbiy bo‘ldi.

Abramovich o‘z boshqaruvining dastlabki yillarida muvaffaqiyatli jamoa qurish uchun pullarini ayamay ishlatgandi. Mourinoning transfer maqsadlari bo‘lgan Dide Drogba, Maykl Essen, Petr Chex va Andrey Shevchenkolarni olib kelgandi.

Oradan yillar o‘tgach va moliyaviy feyr-pley qoidasi chiqqach, Abramovich yirik transfer qilishdan oldin futbolchilarni sotishga ko‘nikdi.

Shunga qaramay, rossiyalik oligarx shu yil yozida bu qoidasini chetga surib qo‘ydi. Sarrini olib kelganidan keyin Kepa Arrisabalaga va Jorjinolarni «Atletik» va «Napoli»dan olib kelish uchun 122 million funt sarfladi.

«Chelsi» qishki transfer bozorida ham Pulishich uchun 70 million funt sarflashi mumkin. Boisi italiyalik mutaxassis jamoada ijobiy natijalarni qayd etmoqda.

«Ko‘klar» ayni vaqtda turnir jadvalida 14-turdan keyin 3-o‘rinda bormoqda va Evropa Ligasi guruh bosqichidan chiqish vazifasini allaqachon bajarib bo‘ldi.

Ammo «Sarrismo» klubda hali to‘liq shakllanib bo‘lgani yo‘q, bunga tarkibning keng emasligi sabab bo‘lmoqda.

Pulishichning kelishi esa ushbu muammoni hal qilishga yordam berishi mumkin. Ammo Abramovich buning uchun Sarrining uzoq muddatli loyihasiga ishonishi kerak bo‘ladi.

Mag‘lub: Kallum Xadson-Odoi

«Chelsi»ning hujumdagi variantlari oshishi Sarri uchun albatta yaxshi, ammo ehtimoliy yangi raqobatchining paydo bo‘lishi Xadson-Odoining rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkin.

Xadson-Odoi klubning chap qanotida o‘zining hujumkorlik qobiliyatlari bilan yaxshi variant bo‘lishi mumkin.

Ammo Sarri Xadson-Odoini hali Premer Ligada o‘ynashga tayyor emas deya hisoblamoqda. Futbolchiga himoyaviy xususiyatlarini ham kuchaytirishi kerakligini tilga oldi.

Albatta bir kun kelib 18 yoshli hujumchi klubda o‘z so‘zini aytishi mumkin. Ammo Pulishichning kelishi uning jamoadagi o‘rniga katta ta’sir o‘tkazishi aniq. Angliyalik futbolchining klubdan ketishi ham londonliklar uchun katta yo‘qotish bo‘ladi. Unga ham boshqa klublardan jiddiy takliflar tushmoqda.

G‘olib: Jeydon Sancho

Pulishichning Londonga ko‘chib o‘tishidan boshqa bir yosh angliyalik hujumchi yutishi mumkin. U ham bo‘lsa Sancho hisoblanadi.

18 yoshli Sancho «Borussiya Dortmund»da bir bosh yuqori sakramoqda va uning Germaniyada ko‘rsatgan o‘yini Angliya termasiga chaqirilishiga ham olib keldi.

Joriy mavsum avvalida Sancho zaxiradan tushib katta natijalarga erishdi va bu unga asosiy tarkib eshiklarini ochib berdi.

Xadson-Odoi kabi Sancho chap qanot vingeri hisoblanadi, ammo Pulishichning jarohatlari sabab u o‘ng qanotda ham o‘ynamoqda.

Pulishichning dortmundliklar safini yanvardayoq tark etishi Sanchoga asosiy tarkibda muqim o‘rnashib olish uchun qulay imkoniyat hisoblanadi.

Bu esa 18 yoshli futbolchiga o‘z mahoratini toblab olish uchun ko‘proq o‘yin amaliyotini taqdim qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!