Aguero APL tarixiga kirdi

  • 05.11.2018 14:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" klubi forvardi Serxio Aguero kecha APLning "Sautgempton"ga (6:1) qarshi bahsida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa 30 yoshli argentinalik futbolchi premer-ligadagi gollari sonini 150 taga etkazib oldi. Unga buning uchun 217 ta o‘yin kifoya qildi.

Opta nashrining ma’lum qilishicha Aguero APLda 150ta golni eng tez kiritgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatgich afsonaviy Alan Shirerga tegishli. Aynan u APLda 212ta o‘yinda 150ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!