
Alisson "Liverpul"da hali hech kim amalga oshirmagan rekordni o‘rnatdi
"Liverpul" klubi darvozaboni Alisson mersisaydliklar safida rekord o‘rnatdi. Bu haqda Sky Sport nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki braziliyalik posbon “Liverpul”dagi debyut mavsumida APLning dastlabki 16ta turida mag‘lubiyatga uchramagan ilk futbolchiga aylandi. U bu borada 2007 yil Xaver Maskerano (15) tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi.
Eslatib o‘tamiz, Alisson “Liverpul” safiga yozda 62,5 mln evro evaziga “Roma”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 13ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar