Amerika olimpiyachilarining yulduzi pofessional boksga o‘tdi

  • 11 fevral, 2017, 11:15
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boks olamining eng qudratli promouterlik kompaniyalaridan biri - "Top Rank" rahbariyati boks bo‘yicha AQSh terma jamoasining yulduzi Shakur Stivensonni shartnoma tuzishga ko‘ndirdi.

Tecno
 

Shakur Stivenson o‘smirlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni, o‘smirlar olimpialasi g‘olibi bo‘lgan. Rio Olimpiadasi esa 56 kilogramm vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

- Stivenson – havaskorlar boksida amerikaliklarning ishongan bokschisi, - dedi "Top Rank" rahbari Bob Arum. - Agar uni to‘g‘ri yo‘naltirsa, professional boksda ham olamshumul natijalarni qayd etadi.

19 yoshli Shakur Stivenson professional ringdagi dastlabki jangini 8 aprel kuni o‘tkazishi kutilmoqda.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!