Ana xolos! "Barselona" etakchisi "Atletiko"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
Kataloniyaning “Barselona” klubi bugun La Liganing 13-turida Madridda “Atletiko”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuv oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi.
Unga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar”ning braziliyalik yarim himoyachisi Filippe Koutino “matraschilar”ga qarshi bahsda ishtirok etolmaydi. Aytish lozimki, u sonidan olgan jarohatidan tuzalib mashg‘ulotlarga qaytgan edi. Ammo, “Barsa” murabbiylari uni maydonga tushirib tavakkal qilishni istamadi va uni o‘yin qaydnomasiga kiritishmadi.
Ma’lumot uchun, "Atletiko" - "Barselona" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

Fikrlar