Ana xolos: Jang oldidan Ulug‘bekning raqibi o‘zgardi
“Uzbek tigers” jamoasi a’zosi sifatida tanilgan Ulug‘bek Haqberdiev professional boksda ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
“Uzbek tigers”ning sobiq a’zosi kuchli raqib tanladi
10 iyun kuni faoliyatidagi uchinchi uchrashuvini professional ringda 43 ta jang o‘tkazgan argentinalik Oskar Roberto Medinaga qarshi o‘tkazishi lozim bo‘lgan Ulug‘bek boshqa bokschi bilan bellashadigan bo‘ldi.
Ulug‘bek Haqberdiev rossiyalik Pavel Mamontov bilan kuch sinashishi lozim. Bu bokschi profringda 11 ta g‘alaba, ikkita durang va uchta mag‘lubiyat qayd etgan. Shunisi ahamiyaliki, Pavel Mamontov Ulug‘bek bilan jang qilishi lozim bo‘lgan argentinalik Oskar Roberto Medinani ikki marotaba mag‘lubiyatga uchratgan.
Rossiyadagi Floyd Meyvezer akademiyasida tashkil etiladigan bahsda Ulug‘bekka omad tilaymiz.

Fikrlar