
Ana xolos! Messi yozda besh nafar futbolchining "Barselona"dan ketishini xohlamoqda
Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi yozda besh nafar futbolchining jamoadan ketishini istamoqda.
Xabarlarga qaraganda 30 yoshli argentinalik futbolchining "qora ro‘yxatiga" himoyachilar - Lyuka Din, Yerri Mina va Nelson Semedu, yarim himoyachi Andre Gomesh va hujumchi Pako Alkaserlar qirib qolgan. Messining so‘zlariga ko‘ra aynan ushbu futbolchilar “ko‘k-anor ranglilar” safida o‘zlarini ko‘rsata olishmayapti.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” 22 aprel kuni Ispaniya kubogi final bahsida “Sevilya”ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar