“Real”ning yana bir katta transferi pishdi

  • 17 may, 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum nufuzli sovrinlardan quruq qolgan “Real” yangi chempionat oldidan tarkibini sezilarli darajada kuchaytirish uchun pul ayayotgani yo‘q.

Tecno

AS nashrining yozishicha, “Liverpul”dan Trent Aleksander-Arnold transferini hal qilgan madridliklar “Bornmut” markaziy himoyachisi Din Xyoysen masalasini ham hal qildi.

Endi “Qirollik klubi” Portugaliya chempionatida o‘ynayotgan “Benfika”ning chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras transferini yakunlash arafasida turibdi.

Manbaning tasdiqlashicha, tomonlar o‘zaro hamkorlikning barcha detallarini kelishib bo‘lgan va Karreras kelasi mavsumni Madridda boshlashi aniq bo‘lib ulgurdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!