Angliya futbol assotsiatsiyasi Sautgeyt bilan shartnomani uzaytiradi va uning maoshini oshiradi
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bilan amaldagi shartnomani 2022 yilning dekabrigacha uzaytiradi.
BBC tarqatgan xabarga qaraganda 48 yoshli mutaxassis imzolanadigan yangi kelishuvdan so‘ng yiliga 3 million funt maosh oladi. Taqqoslash uchun, Sautgeytning ayni damdagi maoshi 1,8 million (bonuslar bilan 2,5 mln) funtni tashkil etadi. Aytish lozimki, Angliya termasining Sautgeytdan avvalgi murabbiylari Sem Ellardays va Roy Xojson ham aynan shuncha maosh olishgan.
Ma’lumot uchun, Sautgeyt va Angliya futbol assotsiatsiyasi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2020 yilga qadar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, aynan Sautgeyt boshchiligidagi Angliya terma jamoasi yozda Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCh-2018da yarim finalga qadar etib bora olgan edi.



Fikrlar