"Arsenal" "Borussiya" Dortmund futbolchisi uchun 70 mln evrodan voz kechmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi "Borussiya" Dortmun xavbeki Yulian Vayglning transferi borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.
Eurosport tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 23 yoshli nemis futbolchisi uchun dortmundliklarga 70 million evro taklif qilishga tayyor. Aytish lozimki, Vaygl katta extimol bilan mavsum yakunlangach jamoadan ketadigan Aaron Remzining o‘rnini egallashi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Vaygl joriy mavsum “Borussi” safida jami 6ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar