"Arsenal" darvozaboni A Seriya grandiga o‘tmoqda

  • 15 avgust, 2018, 21:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi darvozaboni David Ospina faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Janluka Di Martsio xabar tarqatmoqda.

Tecno

Berilgan xabarga ko‘ra A Seriya grandi 29 yoshli kolumbiyalik posbonni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oladi. Ospina bugun Neapol shahriga etib kelgan. U ertaga yangi jamoasi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Ospina o‘tgan mavsum “kanonirlar” safida jami 21ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!