Azizbek Abdug‘ofurov WBC Silver kamarini munosib himoya qildi

  • 18 noyabr, 2018, 18:24
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Jangda bokschimizga xitoylik Vujati Nuerlang raqiblik qildi. Bahs to‘liq 12 raund davom etdi va yakunda hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi (117:111, 118:111, 117:110).

Tecno

Ushbu g‘alaba orqali Abdug‘ofurov o‘zining WBC Silver kamarini munosib himoya qildi.

Ma’lumot uchun, Azizbek Abdug‘ofurovning professional boksdagi janglari soni bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 12 taga etdi. Hamyurtimiz janglarining barchasida g‘alaba qozongan. To‘rtta jangda u raqiblarini nokautga uchratgan. Nuerlang esa bugun faoliyatidagi 13-jangini o‘tkazdi. U bungacha 11 marotaba raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan (9 tasida nokat evaziga). Abdug‘ofurovga qarshi jangda u faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!