
Azizbek Abdug‘ofurov bugun professional ringdagi 10-jangini o‘tkazadi
Professional bokschimiz Azizbek Abdug‘ofurov o‘zining navbatdagi jangini bugun, 17 mart kuni Malayziyaning Subang-Jaya shahrida o‘tkazadi.
Hamyurtimiz faoliyatidagi 10-jangda Janubiy Afrika Respublikasi vakili Alfonso Tissen bilan kuch sinashadi. Bu bokschi 2013 yil professional ringga kirib kelgan va shu vaqtga qadar 13 ta jangdan 10 tasini o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, yana 1 mag‘lubiyat va 2 durang qayd etgan.
Jang sakkiz raund etib belgilangan.
Azizbek hisobida esa 9 ta jang bo‘lib, bokschimiz ularning barchasida raqiblarini mag‘lub qilgan. Shulardan 4 tasi nokautdir.
Eslatib o‘tamiz, shuningdek ushbu boks kechasida yana bir engilmas bokschimiz Qudratillo Abduqahharov vengriyalik tajribali charm qo‘lqop ustasi Latslo Toz bilan uchrashadi.
Fikrlar