“Barselona” Pyanich uchun Andre Gomesh va yana 80 mln evro taklif qilmoqda

  • 22.07.2018 19:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning “Barselona” klubi hamon “Yuventus” xavbeki Miralem Pyanichni sotib olish fikridan qaytmayapti.

Ispan nashrlarining yozishicha “ko‘k-anor ranglilar” 28 yoshli bosniyalik futbolchi uchun turinliklarga 80 mln evro va unga qo‘shimcha transfer narxi 30 mln evroga baholanayotgan portugaliyalik yarim himoyachisi Andre Gomeshni qo‘shib berishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Pyanich uchun shuningdek “Manchester Siti” ham kurash olib bormoqda. “Shaharliklar” uning uchun “Yuve”ga 100 mln evro taklif qilishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!