Portugalия – O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuvda muxlislar ikkita gol ko‘rdi

  • 30.09.2026 06:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonning yoshlarдан tuzilgan futbol bo‘yicha o‘smirlar terma jamoasi Portu shahrida 18 yoshgacha bo‘lgan jamoalar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro musobaqadagi ilk uchrashuvida Portugaliyaga mag‘lub bo‘ldi.

Boshlang‘ich tarkib: Olim Shomurodov, Mirjamol Anvarov (s), Mashhurbek Abdisoliev, Abubakir Rahimov, Adis Abdunabiev, Islom Ravshanov, Muhammad Mamatov, Mirkomil Murodov, Suhrob Sadirjonov, Ahror Ravshanbekov, Asilbek Aliev. 
Zaxiradan maydonga tushganlar: Eslevar Olimov, Nurmuhammad O‘ktamov, Jahongir O‘ktamboev, Damir Mirzabekov, Muhammadodilxon Orifxonov, Habibulloh Tohirov, Laziz Abduraymov.

«Eshtadiu Munisipal 25 de Abril» stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuv 2:0 hisobida portugaliklar foydasiga yakunlandi. Uchinchi bo‘lim o‘rtalarda, 64-daqiqada Portugaliya hisobni ochdi: Gustavу Gerra tomonidan ijro etilgan burchak zarbasidan so‘ng Ferreyrinya yaqin ustun oldida to‘pga birinchi bo‘lib yetib, darvozani ishg‘ol etdi. Uchrashuvning 79-daqiqasida Sandru Ferreyra yana bir gol urdi va o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi navbatdagi uchrashuvini 2 oktyabr kuni Turkiyaga qarshi o‘tkazadi. Shu kuni Portugaliya terma jamoasi Ruminiya jamoasi bilan maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!