
"Barselona" qishda "Manchester Siti"ning etakchi himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
“Manchester Siti” himoyachisi Vensan Kompani faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra "Barselona" 32 yoshli belgiyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Aytish lozimki, Kompanining “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli ham uning ayni damda transfer narxi 10 mln evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Kompani "Manchester Siti" safiga 2008 yil "Gamburg"dan 6 mln funt evaziga kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 251ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 17ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar