Ana xolos! Abduqodir Husanov APLning grand klubiga o‘tishi mumkin

  • 8 iyul, 16:10
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini Manchesterning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin. "Scout in Eurasia" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted" skautlari diqqat markazida turibdi.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, MYu Husanov atrofidagi vaziyatni yaqindan kuzatmoqda. Joriy yil boshida "Siti"ga o‘tgan o‘zbekistonlik futbolchi hozircha ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti — so‘nggi uch oy mobaynida faqat bir marta maydonga tushgan.

Manchesterliklar yaqinlashayotgan transfer oynasining o‘zidayoq uni ijaraga olish ehtimoli bor.

Skautlardan biri shunday degan: "Men Husanovni birinchi bo‘lib kashf qilganman — Markaziy Osiyo salohiyati haqida yuqori fikrdaman" - deya ta’rif berib o‘tgan. 

Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar" — Angliya futboli tarixidagi eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan jamoalardan biri hisoblanadi. Klub 13 marta APL, 13 marta Angliya kubogi va 3 marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
08/07/2025 21:13
Omadini bersin!