Mag‘lubiyatsiz odimlayotgan "Nasaf", syurpriz ko‘rsatgan "Dinamo" yoxud turnir jadvalini yakunlab turgan klublarga e’tibor berdingizmi?

  • 8 iyul, 21:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
CHERY AUTO

Ko‘z ochib yumguncha chempionatimizda birinchi davra bahslari yakuniga etdi va jamoalar yozgi ta’tilga chiqib ketdilar. 15 ta klub ishtirokidagi bellashuvlarda 15-tur 7 iyul kuni nihoyasiga etdi.

Tecno

Mavsumning yarmiga kim qanday holatda etib keldi? O‘tgan yili mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan “Nasaf” jamoasining zimmasida chempionlik kamarini himoya qilishdek yanada muhim vazifa turibdi. Hozircha “Nasaf” bu ishni muvaffaqiyatli uddalamoqda. 15 ta o‘yinda Ro‘ziqul Berdiev jamoasi 9 g‘alaba va 6 durang qayd etib 33 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Birgina “Nasaf” hali mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. Qolaversa, “Ajdarlar” 27 may kuni mamlakat Superkubogida “Andijon”ni 1:0 hisobida engib navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritdi.

Chempionat mobaynida ko‘plab tanqidlarga duchor bo‘lgan “Neftchi” bir aylanib birinchi davrani ikkinchi o‘rinda tugatdi. Bu natija negativ fikrlar fonida juda yaxshi ko‘rinyapti. “Neftchi” 15 ta o‘yinda 8 g‘alaba, 6 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etib, 30 ochko jamg‘ardi.

Kuchli uchlikni Samarqandning “Dinamo” jamoasi yakunlab berdi. Vadim Abramov shogirdlari birinchi davrani ajoyib tarzda o‘tkazishdi. Ular ancha vaqtgacha mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirishdi. Faqat o‘z uyida ketma-ket “Bunyodkor” va “Neftchi”ga qarshi o‘yinlarda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shunga qaramasdan, “Dinamo” 8 g‘alaba, 5 durang va 2 mag‘lubiyat bilan yomon natija qayd etgani yo‘q. Masalan, mavsum oldidan samarqandliklarni birinchi davradan so‘ng uchinchi o‘rinni band etadi desa ko‘pchilik ishonmasdi. Ularda hattoki peshqadam sifatida yakunlash imkoniyati ham bor edi. Agar oxirgi turlarda omadsizlik bo‘lmaganida balki yanada yuqoriroq o‘rinlarda ko‘rardik. Ikkinchi davrada qanaqa bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi. Xo‘sh, siz kuchlik uchlikda birinchi davrani ushbu jamoalar yakunlashini kutganmidingiz?

7-o‘ringacha “Bunyodkor”, OKMK, “Paxtakor” va “Navbahor” joy olgan. Gap shundaki, 8-pog‘onadagi “Surxon” bilan 7-o‘rinni band etib turgan “Navbahor” o‘rtasida 8 ochkolik farq bor. Turnir jadvalining shu joyida klublar ajralib qolishgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

E’tiborlisi, o‘tgan yili pro ligada qatnashib, bu yil Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan beshta klub – “Sho‘rtan”, “Qo‘qon-1912”, “Buxoro”, “Xorazm” va “Mash’al” turnir jadvalini quyi qismini ketma-ketlikda yakunlab turishibdi. Ya’ni, 12-o‘rindan 16-o‘ringacha pro ligadan chiqqan jamoalar joy olishgan. “Sho‘rtan” 9 ochko jamg‘arib so‘nggi pog‘onada. Yana bir porlashi kutilgan "So‘g‘diyona" esa 11-o‘rin bilan cheklanib turibdi. Ammo allaqachon ikkinchi davraga tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yuborgan.

Birinchi davra mobaynida 4 ta klubda bosh murabbiy o‘zgardi. “Paxtakor” portugaliyalik Pedru Moreyra boshchiligida ketma-ket mag‘lubiyatlar iskanjasiga tushib qolgach, Kamoliddin Tojiev vaqtincha uning o‘rniga tayinlandi va u mag‘lubiyatsiz seriyani boshlab berdi va hali hamon davom etyapti. Mavsum starti qoniqarsiz bo‘lganligi evaziga “Paxtakor” ko‘p ochko yo‘qotdi va birinchi davrani 26 ochko bilan 6-o‘rinda tugatdi. Shuningdek, “Andijon”, “Sho‘rtan” va “Qizilqum”da ham bosh murabbiylar o‘zgarganini yaxshi bilasiz.

Ikkinchi davra hal qiluvchi bo‘ladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Negmat Negmatov
09/07/2025 13:45
Мени хайрон килган жихат Нефтчи ишкибозларининг негатив коментлари, клуб 2-чи уринда 1 та маглубият булса, нима керак тушунарсиз , командага супер юлдуз уйинчи лар булмаса, асосий уйинчилар 30 ёш атрофида, асосан "'Чемпионат азия '"сом сатида негатив ёзишади, фараз килинг Левченко кетди дейлик, кимни таклиф килишади Исломними (яхши усиб бораётган тренер) кучи йетмайди тугриси (17 ёшли болалар билан ишлаш бошкаю, катталар билан бошка ) Исломдан олдин Нуралиев, Естафьевлар хам натижа курсатган, лекин клуб микиёсида хеч нимага эришмаганлар.