
Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati qizg‘in pallada
Termiz shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati murosasiz janglarga boy o‘tmoqda.
Bugun bo‘lib o‘tgan bahslarda 56, 60, 64, 81 va -91 kg vazn toifalaridagi bokschilar ringga ko‘tarildi.
Chempionatning 56 kg vazn toifasida Mirazizbek Mirzahalilov, Otabek Xolmatov, Bahodir Baratov, Shaxobiddin Zoirov, Abdulxay Shoraxmatov, Raxmatulla Qo‘ziev, Abrorjon Qodirov, Farxod Boymurodov.
60 kgda Shunqor Abdurasulov, Shukurillo Vohidov, Ozodbek To‘xtaev, Sulaymon Latipov, Sherbek Rahmatullaev, Mehroj Movlyanov, Sardor Muzaffarov, Shukurjon Rahimov.
64kgda Aliyor Noraliev, Saidjamshid Jafarov, Boburmirzo Tolibov, Ulug‘bek Komilov, Ziyoyiddin Tohirov, Bilolbek Mirzarahimov, Jahongir Rasulov, Muxsumbek Qoraboev.
81kgda Azamat Abduxakimov, Baxromjon Fozlov. -91kgdaXasanjon Baratov, Obidjon Tohirov, Boburbek Yo‘ldoshev, Jamshidjon Abdullaev, Aziz Shukurov, Shoxruz Raximov va Sardor Yormuxamedov g‘alaba qozonib navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Fikrlar