Bokschilarimiz xalqaro turnirdan qaytib kelishdi
Xabaringiz bor, 6-10 iyun kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha «Qozog‘iston prezidenti kubogi» nomli xalqaro musobaqa tashkil qilindi. Unda jahonning 15 mamlakati qatorida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishdi. Bugun bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Bu haqda minsport.uz sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, musobaqada Bektemir Meliqo‘ziev oltin, Shunqor Abdurasulov va Iqboljon Xoldorov kumush, Shaxobiddin Zoirov, Aliyor Noraliev, Mahmud G‘oipov va Isroil Madrimov bronza medali sohibiga aylanishdi.
Qayd etib o‘tish lozimki, ushbu musobaqa terma jamoa murabbiylar shtabi uchun ayni muddao bo‘ldi. Ular turnir davomida shu yil Jakartada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibning asosiy qismini aniqlab olishdi.

Fikrlar