"Borussiya" Dortmund avtobusini portlatgan shaxs 14 yilga qamaldi
2017 yil Chempionlar ligasining “Borussiya” Dortmund va “Monako” uchrashuvi oldidan nemis klubi aftobusiga hujum qilgan Rossiya fuqarosi Sergey Venergold sud tomonidan 14 yil ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar tarqatmoqda.
Venergold 28 kishining o‘limida aybdor deb topildi. Aytish lozimki, u o‘zi tayyorlagan qo‘lbola portlatgich yordamida terakt amalga oshirgan. Natijada aftobus ichida bo‘lgan “Borussiya” Dortmund futbolchisi Mark Bartra jiddiy jarohat olgan edi.

Fikrlar