Bu safar mo‘jiza yuz bermadi yohud "Yuventus" "Barselona"ni musobaqadan chiqarib yubordi

  • 20 aprel, 2017, 01:40
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Kataloniyadagi "Kamp Nou" stadionida UEFA Chempionlar ligasi chorak final javob bahsidan o‘rin olgan "Barselona" va "Yuventus" jamoalari uchrshuvi yakunlandi.

Tecno

O‘ta keskin kurashlarga boy kechgan o‘yinda hisob ochilmadi va "ko‘k-anor ranglilar" musobaqadagi o‘z ishtirokini to‘xtatdi. O‘z maydonida 3:0 hisobida g‘alaba qozongan turinliklar esa EChLning yarim finaliga yo‘l olishdi va ushbu turnirda g‘olib chiqish uchun yana bir jiddiy qadamni tashlashdi.

Barselona, «Kamp Nou» stadioni

«Barselona» – «Yuventus» – 0:0

Birinchi o‘yin: 0:3

«Barselona»: Ter Shtegen, Umtiti, Pike, Alba, Roberto (Maskerano 78), Rakitich (Alkaser 58), Buskets, Inesta, Neymar, Messi, Suares.

Bosh murabbiy: Luis Enrike.

«Yuventus»: Buffon, Bonuchchi, Sandro, Alves, Kellini, Xedira, Pyanich, Kuadrado (Lemina 84), Manjukich, Dibala (Bartsali 75), Iguain (Asamoa 88).

Bosh murabbiy: Massimiliano Allegri.

Ogohlantirishlar: Inesta 41, Neymar 44, Kellini 57, Xedira 64.

Bosh hakam: Born Kuypers.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!