
Bugun APLda London derbisi yoxud "Tottenxem" o‘z maydonida "Chelsi"ni sinovdan o‘tkazadi
Bugun Angliya premer-ligasining 13-turidan o‘rin olgan markaziy bahs Londondagi mashhur “Uembli” stadionida kechadi. Bugun muxlislar “Tottenxem” va “Chelsi” o‘rtasidagi London derbisiga guvoh bo‘lishlari mumkin.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- Agar bugun “shporlar” “aristokratlar” ustidan g‘alaba qozonishsa, u holda 1987 yildan buyon ilk bor “Chelsi” ustidan qatorasiga 2ta o‘yinda g‘alaba qozonishgan bo‘lishadi.
- “Tottenxem” bu mavsum chempionatda jamg‘argan ochkolarining faqatgina 22 foizini o‘z maydonida qo‘lga kiritgan. Bu esa hozircha APLdagi eng yomon natija hisoblanadi.
- “Tottenxem” yarim himoyachisi Deli Alli “Chelsi” qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 4ta bahsda 5ta gol urishga erishgan.
- APLga asos solingan vaqtdan buyon “Chelsi” “Tottenxem”ga qarshi bahslarning naqd 21tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan.
- Mauritsio Sarri boshchiligidagi “Chelsi” hozircha premer-ligada mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.
"Tottenxem" – "Chelsi"
Stadion: "Uembli" (London)
Boshlanish vaqti: 22:30
Bosh hakam: Martin Atkinson
Taxminiy tarkiblar:
"Tottenxem": Lloris – Ore, Foyt, Alderveyreld, Devis – Sissoko, Dayer – Eriksen, Alli, Moura – Keyn.
"Chelsi": Kepa – Aspilikueta, Ryudiger, Luis, Alonso – Jorjino, Kante, Barkli – Azar, Villian, Morata.
Baxtiyor TOShTEMIROV tayyorladi.
Fikrlar