Bugun Budapeshtda ikki dzyudochimiz JChdagi ishtirokini boshlaydi
Bugun, 28 avgust kuni Venriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati bahslariga start beriladi.
Bugungi kun doirasidagi -60 toifasidagi sportchilar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.
Xususan, -60 kg vazn toifasida hamyurtlarimizdan Muhriddin Tilovov saralash bosqichida sloveniyalik Matyats Trabovtsga qarshi tatamiga ko‘tarilsa, ushbu vazndagi yana bir hamyurtimiz Diyorbek O‘rozboev isroillik Ben Davidni sinovdan o‘tkazadi.

Fikrlar