Bugun Chempionlar ligasi nimchorak finaliga qur’a tashlanadi

  • 17.12.2018 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor o‘tgan haftada UEFA Chempionlar ligasida guruh bosqich uchrashuvlari o‘z yakuniga etgan edi.

Unga ko‘ra «Borussiya D», «Shalke-04», «Bavariya» (uchchalasi – Germaniya), «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Tottenxem Xotspur» (to‘rttalasi – Angliya), «Barselona», «Real», «Atletiko» (uchchalasi – Ispaniya), «Yuventus», «Roma» (ikkisi – Italiya), «PSJ», «Lion» (ikkisi — Frantsiya), «Portu» (Portugaliya), «Ayaks» (Gollandiya) jamoalari bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘lishdi.

Bugun esa Toshkent vaqti bilan soat 16:00da musobaqaning nimchorak finaliga qur’a tashlash marosimi boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqichning dastlabki uchrashuvlari 2019 yil 12-13 va 19-20 fevral kunlari, javob bahslari esa 5-6 hamda 12-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!