Bugun "Old Trafford"da "jang" bo‘ladi yoxud MYu "Valensiya"ga qarshi o‘ynaydi

  • 02.10.2018 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqich ikkinchi tur uchrashuvlariga start beriladi.

Jumladan, so‘nggi paytlarda qoniqarsiz natijalar qayd etib muxlislarining keskin e’tirozlariga sabab bo‘layotgan “Manchester Yunayted” La Ligada asta-sekin o‘ziga kela boshlayotgan “Valensiya”ni qabul qiladi.

215540_m.jpg

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

- “Valensiya” Chempionlar ligasining so‘nggi 4ta bahsidan buyon raqib darvozasiga yo‘l topa olmayapti.

- Mankuanliklar “ko‘rshapalaklar”ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 8ta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olishmayapti.

- “Valensiya” Chempionlar ligasi doirasida o‘tkazilgan so‘nggi 3ta o‘yindan buyon o‘z darvozasidan kamida 2ta to‘p o‘tkazib yubormoqda.

- MYu ayni damda premer-ligada 10-o‘rinda bormoqda, "Valensiya" esa La Ligada 14-pog‘onani egallab turibdi.

215258_m.jpg

"Manchester Yunayted" - "Valensiya"

Stadion: "Old Trafford" (Manchester, Angliya)

Boshlanish vaqti: 00:00

Boshlanish vaqti: Slavko Vinchich (Sloveniya)

Taxminiy tarkiblar:

"Manchester Yunayted": De Xea - Shou, Lindelof, Smolling, Valensiya - Fred, Fellayni, Pogba - Sanches, Lukaku, Lingard

"Valensiya": Asenxo - Xaume, Ruis, Alvaro, Gaspar - Layyun, Mori, Trigeros, Fornals - Moreno, Bakka

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!