Bugun Qarshida kimlar gilamga chiqadi?
Qarshi shahrida davom etayotgan kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati uchinchi kungi bellashuvlarida erkaklar o‘rtasida 90, 100 va +100 kg.larda 100 nafardan ortiq kurashchilar g‘oliblik uchun gilamga tushishadi.
Ular orasida 90 kgda jahon chempionati sovrindori Ruslan Boltaev, bir necha bora O‘zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar g‘olibi Shuhrat Arslonov, Elbek Musaev g‘oliblik uchun asosiy nomzod sifatida qaralmoqda.

+100 kgdan jahon chempioni Muhsin Hisomiddinov, Jahon chempionati sovrindori Bekzod Karimov, jahon chempionati sovrindori, xalqaro turnirlar g‘olibi Zafar Bo‘riev ishtiroki muxlislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Fikrlar