Bundesliga. "Borussiya" Dortmund ketma-ket oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Dortmunddagi "Signal Iduna Park" stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alabaga erishishdi. Pako Alkaser 19-daqiqada hisobni ochdi. Oradan 6 daqiqa o‘tar-o‘tmasdan Marko Roys hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Bunga esa bremenliklar safida Maks Kruze bir bor javob qaytardi xolos.
Shu tariqa, "asalarilar" ketma-ket oltinchi uchrashuvni o‘z foydalariga hal etishdi va 39 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik kilmoqda.

Fikrlar