“Bunyodkor” – “Qizilqum”. Videoprevyu

  • 6 aprel, 2017, 10:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

6 aprel, payshanba kuni oliy liga 5-tur uchrashuvlariga start beriladi. Ushbu tur doirasidagi markaziy uchrashuvlardan biri “Bunyodkor” va “Qizilqum” jamoalari o‘rtasida kechadi.

2007 yildan buyon oliy ligada ishtirok etib kelayotgan “Bunyodkor” o‘zaro hisobda “Qizilqum” jamoasi bilan chempionat doirasida yigirma birinchi bor to‘qnash keladi.

Bungacha o‘tkazilgan 20 uchrashuvning 16tasida “qaldirg‘ochlar”ning qo‘llari baland kelgan. Uchta bellashuv durang bilan yakunlangan bo‘lsa, “Qizilqum” hisobida bitta g‘alaba bor. To‘plar farqi – 46:10.

O‘zaro o‘yinlar to‘purari Anvarjon Soliev hisoblanadi. “Bunyodkor” hujumchisi zarafshonliklar darvozasini besh bor ishg‘ol qilgan. Quyida ushbu jamoalarning “qaldirg‘ochlar” mezbonligida o‘tgan o‘zaro o‘yinlari qaydnomalaridan keltirilgan ko‘chirmalar va kiritilgan gollar videolavhasi bilan tanishishingiz mumkin.

BUNYoDKOR - QIZILQUM 2:0 (2:0)
21.04.2007. 6-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 5000 tomoshabin
Gollar: Jasur Hasanov, 8 (1:0), Rashid G‘ofurov, 44 (2:0)
Bosh hakam: Aleksandr Petrov (Toshkent) – 8,3

BUNYoDKOR - QIZILQUM 1:0 (0:0)
04.11.2008. 26-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 4687 tomoshabin
Gol: Bahodir Pardaev, 81 (1:0)
Bosh hakam: Yavar Najafaliev (Toshkent) – 8,2

BUNYoDKOR - QIZILQUM 4:0 (2:0)
06.03.2009. 2-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 3888 tomoshabin
Gollar: Xose-Luis Vilyanueva, 5 (1:0), Xose-Luis Vilyanueva, 9 (2:0), Jasur Hasanov, 67 (3:0), Server Jeparov, 76 (4:0)
Bosh hakam: Valeriy Kostrikin (Samarqand) – 8,7

BUNYoDKOR – QIZILQUM 1:1 (1:1)
23.04.2010. 6-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 6822 tomoshabin
Gollar: Jasur Hasanov 4 (1:0), Sobir Usmonxo‘jaev 35 (1:1)
Bosh hakam: Vadim Agishev (Toshkent) – 8,5

BUNYoDKOR – QIZILQUM 3:1 (2:0)
09.09.2011. 19-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 2148 tomoshabin
Gollar: Anvar Rajabov 24 (1:0), Viktor Karpenko 39 (2:0), Obid Jo‘raboev 51 (2:1), Shavkat Salomov 55 (3:1)
Bosh hakam: Murod Muhammedov (Bekobod) – 7,8

BUNYoDKOR – QIZILQUM 3:0 (2:0)
17.11.2012. 25-tur. Toshkent. "Jar" stadioni. 1235 tomoshabin
Gollar: Viktor Karpenko 3 (1:0), Bahodir Pardaev 12 (2:0), Javlon Ibroximov 73 (3:0)
Bosh hakam: Baxtiyor Namozov (Toshkent)

BUNYoDKOR – QIZILQUM 4:0 (3:0)
29.10.2013. 24-tur. Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni. 268 tomoshabin
Gollar: Marko Blajich 11 (1:0), Marko Blajich 17 (2:0), Sardor Rashidov 23 (3:0), Igor Taran 76 (4:0)
Bosh hakam: Marat Ismoilov (Toshkent)

BUNYoDKOR – QIZILQUM 2:1 (1:1)
15.03.2014. 1-tur. Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni. 1003 tomoshabin
Gollar: Anvar Berdiev 24 (1:0), Eldor Boymatov 29 (1:1), Vohid Shodiev 70 (2:1)
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (Buxoro)

BUNYoDKOR – QIZILQUM 2:1 (2:1)
07.08.2015. 17-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 1068 tomoshabin
Gollar: Eldor Shomurodov 8 (1:0), Navro‘zbek Alimov 17 (1:1), Eldor Shomurodov 31 (2:1)
Bosh hakam: Olim Tolibjonov (Toshkent) – 7,8

BUNYoDKOR – QIZILQUM 2:0 (0:0)
10.06.2016. 11-tur. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 968 tomoshabin
Gollar: Aleksandar Alempievich 77 (1:0), Bahodir Nasimov 80 (2:0)
Bosh hakam: Temur To‘xtasinov (Andijon) – 8,2

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!