
Busketsning qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor kecha Ispaniya chempionatining 19-turida "Barselona" safarda "Eybar" jamoasiga qarshi maydonga tushgan va 4:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
O‘yinda kataloniyaliklar futbolchisi Serxio Buskets jaroxat olgan edi. Bugun o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, Buskets yana ikki haftadan so‘ng maydonga qaytishi mumkin. Avvalroq Busketsning sog‘ayib ketishiga 4 hafta kerakligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar