"Chelsi" 37 yoshli Kabaleroga yangi shartnoma taklif qiladi

  • 2 mart, 2019, 08:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi o‘zining zaxira darvozaboni hisoblangan Villi Kabalero bilan xayrlashishni xohlamayapti.

Tecno

Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” tez orda 37 yoshli argentinalik posbonga yangi shartnoma taklif qilishmoqchi. Qayd etish lozimki, uning amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, Kabalero “Chelsi” sharafini 2017 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum jami 8ta o‘yinda ishtirok etdi va shularning 4tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!