"Chelsi" Fabregasning narxini tushirmoqchi emas

  • 16 dekabr, 2018, 16:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas hamon "Milan"ning qiziqishlar doirasida bo‘lib turibdi.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” 31 yoshli ispaniyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishmoqchi, ammo “aristokratlar” Fabregasning 12 million evrolik transfer narxini pasaytirishmoqchi emas.  O‘z navbatida “Milan” uning uchun 8 mln evro to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Fabregasning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!