"Chelsi" Iguainni o‘z futbolchisi sifatida qachon e’lon qilishi ma’lum bo‘ldi

  • 17 yanvar, 2019, 21:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Milan" safida ijara asosida o‘tkazayotgan "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain tez orada "Chelsi" futbolchisiga aylanadi.

Tecno

Evening Standart nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 31 yoshli argentinalik forvardning transferini 19 yanvar kuni rasman e’lon qilishadi. Iguain bugun yangi jamoasi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga uchib keladi. “Chelsi” uni keyinchalik yana bir mavsumga ijaraga olish huquqi bilan mavsum yakuniga qadar ijaraga oladi.

Ma’lumot uchun, Iguain joriy mavsum “Milan” safida A Seriyada jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol va 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!