
"Chelsi" Iguainni sotib olish fikridan qaytdi
"Chelsi" mavsumni "Milan" safida ijarada o‘tkazayotgan "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguainni sotib olish fikridan qaytdi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.
Londonliklarning fikricha 31 yoshli argentinalik futbolchining transferi borasidagi muzokaralar juda qiyin va uzoq vaqt olishi mumkin. Boisi, agar "Chelsi" uni sotib olishni xohlasa "Milan" bilan ham, "Yuventus" bilan ham kelishishiga to‘g‘ri keladi. Shu boisdan "aristokratlar" bir futbolchi uchun ikkita klub bilan muzokaralar o‘tkazishni xohlashmagan.
Ma’lumot uchun, Iguain joriy mavsum "rossonerilar" safida jami 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar