“Chelsi” “Yuventus” xavbeki bilan aloqaga chiqdi
Londonning “Chelsi” klubi “Yuventus” yarim himoyachisi Miralem Pyanichni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Calciomercato nashrining xabar berishicha “aristokratlar” bu borada xatto 28 yoshli bosniyalik futbolchi bilan aloqaga ham chiqishgan. Aniqrog‘i, “Chelsi” vakillari joriy hafta Pyanichning agenti Fali Ramadani bilan muzokaralar o‘tkazishgan. Biroq, uning mijozi inglizlarga rad javobini bergan va "Alyants Stedium"da qolish niyatida ekanligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Yuventus"ning yangi a’zosi - Krishtianu Ronaldu ham jamoa rahbariyatidan Pyanichni sotmaslikni so‘ragani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar