Darya Kasatkina: Eng muhimi u soqol o‘stirgan bo‘lishi shart!
Rossiyalik tennischi Darya Kasatkina o‘zining shaxsiy hayoti va uning orzusidagi yigit qanday bo‘lishi kerakligi haqida gapirdi.
"Mening hayotimda hech kim yo‘q va mening yuragim bo‘sh. Men kutayotgan "shahzoda" eng avvalo, kuldirish va kulishni bilishi lozim. Bu 90 foiz qizlarga yoqadi. Nima men zerikarli odam bilan yashashim kerakmi?
Shuningdek, u ishonchli bo‘lishi shart. To‘g‘ri ishonchli degan so‘zning ma’nosi ko‘p. Uning hayotida men va mening hayotimda u bo‘lishi kerak. Men esa bunday insonni ishonchli deyman. To‘g‘ri u qandaydir qizlar bilan gaplashishi mumkin, lekin, ular faqatgina uning do‘stlari bo‘ladi. Munosabat erkin bo‘lishi shart.
Eng muhimi u soqol o‘stirgan bo‘lishi shart!", – deydi Kasatkina.
Sports.uz

Fikrlar