«Davis Cup». Serbiya terma jamoasi poytaxtimizda O‘zbekistonga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda

  • 30 yanvar, 2019, 10:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Xabaringiz bor 1-2 fevral kunlari O‘zbekiston terma jamoasi poytaxtimizda «Devis Kubogi» doirasida Serbiyaga qarshi bahs yuritadi.

Raqiblar Toshkent shahriga etib kelishgan. Serbiya terma jamoasi yurtimizga quyidagi tashrifda tashrif buyurgan: Dushan Layovich, Filip Krayinovich, Laslo Jere, Nikola Miloevich va Viktor Troitski. Serbiyaliklar «Sahovat sport servis» majmuasida mashg‘ulotlarni olib bormoqdalar. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Jamoada muhit ajoyib. Toshkentga kelib, mashg‘ulotlarni boshlab yubordik. Moslashish jarayoni oson bo‘layotgani yo‘q, ammo biz mashg‘ulotlarni yaxshi o‘tkazyapmiz va uchrashuvgacha tayyor bo‘lamiz. Eng asosiysi – biz g‘alabaga o‘zimizni tayyorlaganmiz", – deydi Krayinovich Serbiya tennis federatsiyasi rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa davomida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini Denis Istomin, Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Sanjar Fayziev va Jo‘rabek Karimov himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!