Dembele Dortmunda ijaraga olgan uyini axlatga to‘ldirib tashlagani ma’lum bo‘ldi
"Barselona" vingeri Usman Dembele Dortmunddan ijaraga olgan uyining egasiga 20 ming 725 evro to‘lashga majbur bo‘ldi. Bu haqda ESPN FC nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki, 21 yoshli frantsiyalik futbolchi Dortmunddan Barselonaga ko‘chib o‘tgach uy egasi kelib uyni ko‘zdan kechirganda shkaf va muzlatgichda achigan ovqatlar borligini, bundan tashqari uy chiqindilarga to‘lib ketganini ko‘rgan. 15 662 evro ijara haqini sud orqali undurgan uy egasi yuqoridagi holat uchun yana qo‘shimcha 5 033 evro olgan.
Eslatib o‘tamiz, Dembele “Borussiya” Dortmund safida 2016/17 yilgi mavsumda to‘p surgan edi. Shundan so‘ng u 105 mln evro evaziga “Barselona”ga ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar