Denis Istominga tibbiy yordam ko‘rsatildi
Xabaringiz bor, ayni vaqtda hamyurtimiz Denis Istomin Australian Open turnirining nimchorak finalida bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarshi bahs olib bormoqda.
Dastlabki setni 6:2 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan Istomin, ikkinchi setni 6:7 hisobida boy berdi. Ikkinchi setdan so‘ng unga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Denis Istomin sonining orqa qismini shikastlab olgani ma’lum bo‘ldi.

Bu uchrashuv natijasiga ta’sir qilmaydi deb umid qilamiz.

Fikrlar