Diyor Imomxo‘jaev: Oldin talab jiddiy bo‘lgan, nazorat esa xalta

  • 10.11.2018 12:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PFL ,bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jaev kelasi yilgi mavsum uchun litsenziyalash talablari o‘z kuchida qolishi, biroq, nazorat kuchaytirilishini ta’kidladi.

"Bizdagi ma’lumotga ko‘ra, “Buxoro” futbol klubi — PFK (professional futbol klub). Jamoa istasa buni MSK (mega super klub) qilib ham o‘zgartirishi mumkin.

2019 yilgi mavsum oldidan futbol klublari litsenziyalashdan o‘tkaziladi. Oldin talab jiddiy bo‘lgan, nazorat esa xalta. Endi talab deyarli o‘sha-o‘sha qoladi, nazorati jiddiy bo‘ladi (umid qilamanki, hamma uchun teng bo‘ladi).

Masalan, “Paxtakor”da super klub bo‘lish uchun nazariy jihatdan imkoniyat bor. Buning uchun klub tezroq futbol akademiyasiga, o‘z stadioniga, bazasiga, futzal, ayollar, U18 jamoalariga ega (yana boshqa talablar ham bor albatta) va albatta xususiy bo‘lishi kerak.

“Nasaf” esa o‘sha PFK maqomiga mosroq (shu klubni bunyod qilganlar omon bo‘lsin). Stadioni bor, bazasi bor, akademiyasi va boshqa narsalari bor. Ammo davlat korxonasi tomonidan moliyalashtiriladi. Shu klub O‘zbekiston chempioni bo‘la olmagan, biroq chempion bo‘lgan ko‘pgina klublarni infratuzilmasi bo‘yicha ortda qoldiradi.

Qolgan hamma hozircha faqatgina FK (futbol klub). Shunchaki litsenziyalash talablarini bajarishiga ko‘ra Superliga, Pro-liga yoki 2-liga bo‘lib tavsiflanadi. 2019 yildan boshlab Superliga va Pro-liganing talabi bir-biridan katta farq qilmaydi. Masalan, Superligadan tushib ketishi mumkin bo‘lgan chunonchi “Neftchi” bilan, shu liga uchun Pro-ligadan da’vogar bo‘lgan “Surxon” o‘rtasida deyarli farq bo‘lmasligi shart. Ikki liga o‘rtasidagi kattagina jarlik (tafovut) yo‘qolishi asosiy masaladir", - deb yozadi Diyor Imomxo‘jaev o‘z telegram kanalida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ахмад49
11/11/2018 22:40
Диёржон Суперлига дейсизлар,про лига дейсизлар куйган номларингизга гап йук,якинда телевизорда ПРО лигада катнашувчи Гиждувон стадионини парча килиб курсатишди,тирнокча ичида супер,шу хам жарангдор ПРО лиганинг стадионими,майса умуман йук,такир ер,у хам текис эмас,бунака стадионда уйнаш умуман хавфлику,ана шунака диёржон.